Talaba bo‘ldingizmi? Ushbu 7️⃣ ta muhim xizmatni saqlab qo‘ying!… — TDMAU | Rasmiy — TG.ME

☄️ Talaba bo‘ldingizmi? Ushbu 7️⃣ ta muhim xizmatni saqlab qo‘ying!

👨‍💻 O‘qish, kontrakt, yotoqxona yoki stipendiya bilan bog‘liq yumushlarni hal qilish uchun idorama-idora yurish shart emas. Barchasini my.gov.uz orqali uydan chiqmasdan bitirish mumkin.

👉 Talabalar uchun eng kerakli onlayn xizmatlar:

1. Yotoqxonaga joylashish va navbatni tekshirish
⏺ Arizani onlayn yuboring va navbatingizni real vaqt rejimida kuzatib boring.
🗄 Ariza topshirish | Navbatni tekshirish

2. Imtiyozli ta’lim krediti olish
⏺To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun ta’lim kreditiga ariza berish xizmati.
🗄Kreditga ariza yuborish

3. To‘lov-kontrakt shartnomasini elektron olish
⏺Davlat OTMlari talabalari uchun kontrakt shartnomasini onlayn yuklab olish imkoniyati.
🗄Kontrakt shartnomasini olish

4. Ijara to‘lovlari va kompensatsiya
⏺Oylik ijara to‘lovlari haqida ma’lumot olish hamda ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish uchun ariza topshirish.
🗄Ijara kompensatsiyasiga ariza | Ma’lumot olish

5. Stipendiyalar haqida ma’lumot
⏺Hisoblangan stipendiyalar hamda bakalavriat bo‘yicha davlat stipendiyalari haqida ma’lumotga ega bo‘ling.
🗄Stipendiyani tekshirish | Davlat stipendiyalari

6. O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish
⏺OTMda tahsil olayotganlik haqidagi rasmiy ma’lumotnomani bir necha soniyada elektron shaklda yuklab oling.
🗄Ma’lumotnoma olish

7. Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish
⏺Ijarada yashaydigan talaba bo‘lsangiz, ijara to‘lovining bir qismini onlayn tarzda qaytarib olishingiz mumkin.
🗄Ariza yuborish

📱Talabalik davringizni ortiqcha ovoragarchiliklarsiz o‘tkazing — barcha zarur xizmatlar my.gov.uz’da!


📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐 tdmau.uz  ✅ Telegram 🌐Instagram ✅Facebook  📹YouTube
⚡3👍1👏1
September 4, 2026 1K 19