Iqtidorli talabalar uchun muhim ma’lumot 2026/2027-o‘quv yili uchun… — TDMAU | Rasmiy — TG.ME

📢 Iqtidorli talabalar uchun muhim ma’lumot

2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar tanlovini tashkil etish doirasida O‘zbekiston tarixi, Axborot texnologiyalari va Xorijiy tillar fanlari bo‘yicha respublika bosqichining maxsus test sinovlari o‘tkaziladi.

Mazkur fanlar bo‘yicha test savollari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan. Test dasturlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan.

Respublika bosqichiga tavsiya etilgan talabalar test dasturlari bilan oldindan tanishib, sinovlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari tavsiya etiladi.

🎓 Iqtidor va salohiyatingizni namoyon etish uchun yaratilgan ushbu imkoniyatdan unumli foydalaning!

📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐 tdmau.uz  ✅ Telegram 🌐Instagram ✅Facebook  📹YouTube
❤3⚡2
September 4, 2026 1.3K 16