Xalqimiz xavfsizligi va qulayligi — doimo e’tiborda!
Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialida aholi uchun yana bir muhim va ezgu loyiha hayotga tatbiq etildi.
Xayrabod – Denov stansiyalari oralig‘ida temir yo‘l ostidan barpo etilgan piyodalar tunneli foydalanishga topshirildi.
Mazkur zamonaviy inshoot, avvalo, hududda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi, talabalar hamda maktab o‘quvchilarining temir yo‘lni xavfsiz va qulay kesib o‘tishini ta’minlash maqsadida bunyod etildi.
Endilikda fuqarolar temir yo‘l izlaridan bevosita kesib o‘tib, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymasdan, maxsus tashkil etilgan tunnel orqali xavfsiz harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bu kabi bunyodkorlik ishlari — inson qadri, xalqimiz osoyishtaligi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilayotgan amaliy e’tiborning yorqin ifodasidir.
Mustaqillik — bunyodkorlik, taraqqiyot va xalq farovonligi timsoli!
El-yurtimiz xavfsizligi va qulayligi yo‘lida bunyod etilgan ushbu inshoot Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfalardan biridir!
"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:












