Safardan qaytib, do‘stimning bu sovg‘asi qalbimni quvontirdi.
Hayot yana bir haqiqatni eslatdi: insonning eng katta boyligi mol-dunyo emas, balki yonidagi samimiy insonlardir.
Yaxshi do‘st quvonchingizni bo‘lishadi, sinovlaringizda yoningizda turadi va sizni Allohga yaqinlashishga undaydi.
Bu sovg‘aning qadri uning narxida emas, ortidagi muhabbat, hurmat va samimiyatidadir.
Alloh qalblar egasidir. Mehrni ham, do‘stlikni ham qalblarga U Zot soladi.
Rabbim atrofimizni solih va vafodor do‘stlar bilan to‘ldirsin.
Bugungi shukrim sovg‘aga emas, shunday insonlarni hayotimga nasib qilgan Allohgadir.
Alhamdulillah. 🤲

27
19
13
5
2June 15, 2026 491 1 17