Rustamoff | Personal blog: post #2836 — TG.ME

Forwarded fromPUPureTalent
🎓 Olim Fondi 2026 uchun PureTalent mentorlik dasturiga qabul boshlandi!

Olim Fondi mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan iqtidorli va faol talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning kontrakt xarajatlarini qoplab berishga qaratilgan stipendiya dasturini amalga oshiradi.

Olim Fondi stipendiyasiga topshirmoqchimisiz, lekin arizani qanday kuchaytirish, yutuqlaringizni to‘g‘ri taqdim etish yoki saralash bosqichlariga tayyorlanishni bilmaysizmi?

PureTalent mentorlik dasturi davomida siz:
Olim Fondi talablari va baholash mezonlarini o‘rganasiz;
Shaxsiy profilingizning kuchli va zaif tomonlarini aniqlaysiz;
CV va arizadagi javoblaringizni yaxshilaysiz;
Yutuqlaringizni to‘g‘ri taqdim etishni o‘rganasiz;
Keyingi saralash bosqichlariga tayyorlanasiz.


👩‍🏫 Mentor — Laylo Nurullayeva
🥇 Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi
🥇 Olim Hasanov jamg‘armasi g‘olibi
🏅 NSP Slovakia 2025–2026 stipendiyasi sohibasi
🏛 Yoshlar parlamenti a’zosi
🏅 U.S. Embassy Self-Defense Camp bitiruvchisi

👨‍🏫 Mentor — Abror Musulmonov
🌐 Huawei Imagine WiFi 7 — global g‘oliblardan biri
🎓 Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi sohibi
🥇 Urban Tech Uzbekistan, HealthTech yo'nalishi g‘olibi
🏆 “Mirzo Ulug‘bek vorislari" Respublika g‘olibi
🏅 YPIP 2025 & YouLP 2023 dasturlari qatnashchisi.

Ishtirokchilar arizadagi javoblari, Olim Fondi mezonlariga mosligi va mentorlik jarayonida faol qatnashish imkoniyatiga qarab saralanadi. Ariza topshirishda CV talab qilinadi.

📥 Ariza havolasi: Havola
Ariza muddati: 5-avgust, 23:59

PureTalent - Imkoniyatingizni tasodifga emas, kuchli strategiyaga topshiring.

@puretalent_uz
⚡2🔥2☃1🟢1
July 29, 2026 510 2 5