YPIP dasturiga topshirayotganlar uchun tavsiyalar!
Amerika kengashi tomonidan tashkil har yili tashkil etilib kelinayotgan YPIP dasturi arizalar yopilishiga yaqin qolmoqda. Dasturi 2-3-4-bosqich kurslari uchun yozgi 12 haftalik amerikacha tarzda amaliyot qilish imkonini beradi.
Yevropa sayohatlaridan cheklangan holda, hozirda YPIP doirasida biroz tavsiya va maslahatlar yozib o'tmoqchiman. Interyu bosqichiga 2024 va 2025-yillarda o'tganman, 2024-yilda tajribalar kamligi uchun rad etildim, ammo 2025-yilda dasturga qabul qilindim.
Dasturga Amerika kengashining rasmiy vebsayti orqali topshirishingiz kerak bo'ladi. Bunda bir qoidani eslataman, saytdan sizdan nima so'ralgan bo'lsa barchasini qo'lingizdan kelganicha maksimal to'ldirishingizni tavsiya etaman.
Ya'ni istalgan dasturga topshirayotganingizda sizdan asosiy so'raladigan narsa hujjatlarni to'liqligacha admission officer'larga yetkazsangiz, sizda qolganlarga nisbatan yutish ehtimolingiz oshadi.
Dastur vebsaytiga kirganingizda, birinchi shaxsiy ma'lumotlarni aniq to'ldirishingiz kerak, shunda bir narsani unutmaslik kerak bo'lgan qism bor: Uch xil toifadagi arizachi.
Agar siz Toshkentdagi qaysidir universitetda o'qiysiz, lekin viloyatdan kelgan bo'lsangiz, birinchi manzilga doimiy yashash manzil(ya'ni viloyatdagi manzilingiz) kiritishingiz kerak, keyingisiga esa hozirgi yashab turgan joyingiz kiritasiz.
Bu esa dasturga qabul qilinganingizdan uch xil toifadagi finalist sifatida 3 oylik moddiy mablag' olasiz, shu bois hozirgi yashash manziliga o'qiyotgan manzilingiz, doimiy manzilga asl manzilni kiritishni unutmang.
Keyingi qismda esa, o'qish yoshingiz kerak, va yozdagi amaliyot qilmoqchi bo'lgan sohalaringizni keltirib o'tishingiz zarur. Bu juda muhim, sababi shunga qarab yozda sizga host companylarga ajratishadi.
Academic Achievements qismi ham unchalik muhim deb bilmiman, ammo yaxshilab to'ldiraverish kerak. Bu borada ko'proq baribir dasturga bo'lgan passioningiz ko'p narsani hal qiladi.
Work-experience bo'lsa yozish kerak, lekin judayam hype qilib yuborish kerak emas, o'zi shundoq ham yaxshi tajribasi bor ekan, olmasliklari mumkin, agar bo'lmasa volunteering, internship, pet-projectlarni kiritib o'tgan ma'qul.
Eng muhim qism Personal Statement, bunda sizga berilgan savolga mos tarzda o'zingiz haqida 500 so'zlik xat yozib bersangiz kifoya, hammasi oddiy tilda tushunarli yozsangiz bo'ladi, biroz gpt ishlatish zarar qilmaydi:)
Yakuniy hujjatlarni tayyorlash qismi qoldi, bitta signature'ga ega recommendation letter (rektor, professor, head), GPA bu ham official bo'lsin, Resumega alohida e'tibor berishni unutmang bu eng muhim hujjat bu dasturga qabul qilinishingizda, va so'ngida passport yoki ID karta barchasini iloji bo'lsa pdf formatida yuklasangiz qulay bo'ladi.
Barcha hujjatlar va ma'lumotlarni keltirilgan yakuniy muddatgacha perfect tarzda yuklashni unutmang. Undan so'ngra sizga agar maqul topilsangiz interyuga taklif olasiz.
Interyu bosqichida esa asosan nega bu dasturga topshirdingiz, kuchli tomonlaringiz, bu internshipda nima qilmoqchisiz yoki xohlayapsiz va YPIP communityga qanday hissa qo'sha olasiz, shu kabi savollarga javob berishingiz kerak bo'ladi. Umuman interyu jarayonlarida hayajonlanmasdan samimiy tarzda javob bersangiz nur ustiga a'lo nur bo'ladi.
Agar bu bosqichdan ham o'tsangiz, yuqorida o'zingiz tanlagan sohalar va Resume'dan kelib chiqqan holda host companylar bilan interyularga chaqirilasiz yoki Resume o'zidan reject/accept qilishlari mumkin, ya'ni interyularsiz. Bu bosqich asosan sizning sohangiz bo'yicha tarjibangiz e'tibor berishadi, bir necha kompaniyalar bilan yuzma-yuz kelasiz va ular suhbat natijalariga ko'ra yakuniy qaror chiqarishadi.
Ana shundan so'ng, siz YPIP dasturidan congratulations🎉 emailini olishingiz mumkin. Ushbu yo'lda, siz yo'lovchiga omad tilayman.
YPIP Community (Alumni) ko'rishguncha, do'stlar!
Agar ushbu dasturga qabul qilinishda full-support yordam kerak bo'lsa, biz bu imkoniyatni sizga PureTalent orqali beramiz.
Tashkent, Uzbekistan 🇺🇿
04.12.2025
@AbrorMusulmonov