Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev navbatdagi jangini ham Buyuk Britaniyada… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

🥊 Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev navbatdagi jangini ham Buyuk Britaniyada o‘tkazadi

Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, Rishton farzandi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevning professional boksdagi navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi.

🇺🇿 Hamyurtimiz 26-sentabr kuni Buyuk Britaniyaning Birmingem shahridagi BP Pulse LIVE majmuasida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi.

🥊 Hozircha Asadxo‘janing raqibi kim bo‘lishi rasman ma’lum qilinmagan.

Bu 25 yoshli bokschining Queensberry bilan hamkorlikdagi ikkinchi jangi bo‘ladi. U may oyida Yorkshirda o‘tkazilgan jangda Aleksis Torresni mag‘lub etgandi.

💪 Asadxo‘ja Mo‘ydinxodjayevning professional boksdagi rekordi — 2 ta jang, 2 ta g‘alaba.

🇺🇿 Rishton farzandiga navbatdagi jangda ham omad tilaymiz!

#AsadxojaMoydinxojaev #Rishton #Boks #Ozbekiston #Queensberry
👍5
September 5, 2026 361 1