24_ta_masala #Deputat_faoliyati 🏫 DEPUTAT NAZORATI: MAKTABLARNING… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati

🏫 DEPUTAT NAZORATI: MAKTABLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

🔹 Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining 3-“Dahbed” saylov okrugi deputati B. G‘afforov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Abdullayeva tomonidan Dahbed mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

📚 O‘rganish davomida mahalla hududida joylashgan 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔎 Jumladan, maktabning isitish tizimi, mavjud qozonxonalarning texnik holati hamda mavsumni betalafot o‘tkazish uchun zarur sharoitlar o‘rganildi.

♨️ Maktabda jami 7 ta isitish qozoni mavjud bo‘lib, o‘rganish jarayonida ularning barchasi soz va foydalanishga tayyor holatda ekani aniqlandi.

🪨 Shuningdek, maktabning kuz-qish mavsumida uzluksiz issiqlik bilan ta’minlanishi uchun zarur bo‘lgan ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasini shakllantirish ishlari ham ko‘rib chiqildi. Mavsum uchun ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berilishi kutilayotgani qayd etildi.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha maktabning kuz-qish mavsumini barqaror, xavfsiz va uzluksiz o‘tkazishini ta’minlash, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarni yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

✅Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi

⌛️ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️

📱Telegram| 📱facebook |📱Instagram|📱Youtube
September 5, 2026 336