Okrugda_organish #Chinnigaronmahallasida #Deputat_faoliyati… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

#Okrugda_organish
#Chinnigaronmahallasida
#Deputat_faoliyati

CHINIGARON MAHALLASIDA KO‘CHALARNI ASFALTLASH MASALASI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining 05-“A. Navoiy” saylov okrugidan saylangan deputati G.Meliquziyeva hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Z.Zohidov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Sobirovlar ishtirokida Chinigaron mahalla fuqarolar yig‘inida obodonlashtirish va ichki yo‘llar holatini yaxshilash masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalla hududidagi ko‘chalarning mavjud holati, aholiga yaratilgan sharoitlar hamda ichki yo‘llarni asfaltlashtirishga bo‘lgan ehtiyojlar joyida ko‘rib chiqildi.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla hududidagi ko‘chalarni asfaltlashtirish masalasini qo‘llab-quvvatlash va tegishli tartibda amalga oshirish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

Mazkur tashabbus, avvalo, aholining murojaat va takliflarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

✅Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi

⌛️ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️

📱Telegram| 📱facebook |📱Instagram|📱Youtube             🦅 kengash.gov.uz
❤1👍1
September 5, 2026 418