Mustaqillikni nishonlashga arziydi — nafaqat bir erkin davlatning dunyoga kelishi sifatida, balki hech bir xalq boshqa bir xalq hukmronligi ostida yashamasligi kerakligini eslatuvchi kun sifatida.
Ammo siyosiy erkinlik hech qachon masalaning butun mohiyatini qamrab olmaydi/ololmaydi. Bu erkinlikdan qanday foydalanishimiz, uning insonlarga qadr-qimmat, tenglik va yaxshiroq hayot olib kelishi — har bir avlod oldida turgan eng muhim masaladir.
Mustaqillik qog‘ozdagi suverenitetdan ko‘ra kengroq ma’noga ega bo‘lishiga tilakdoshman. U xalq hayotida ham o‘zining haqiqiy ifodasini topsin!
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
Forwarded fromYo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov
September 1, 2026 56 1