Qudrat: post #1058 — TG.ME

Bu fikrlarni hissiyot bilan emas, ta'lim sohasidagi uzoq kuzatishlarim va tajribam asosida yozyapman.

Hozircha quyidagi xulosalarga kelganman:

- Ta'lim bozorida narxlarda spekulyatsiya bor. Ta'limga bevosita aloqasi bo'lmagan omillar ham mahsulot qiymati sifatida sotilyapti.

- Konvertda oylik beradigan ta'lim muassasasi qadriyatlar haqida gapirishdan oldin o'ziga qarashi kerak. Gap faqat soliqqa borib taqalmaydi. Ta'lim dargohi shaffoflikda jamiyatga namuna bo'lishi kerak. Aks holda "qadriyat" navbatdagi marketing so'ziga aylanadi.

- Xodim avval o'z ustida ishlashi kerak. Shunda u faqat ish emas, rahbar ham tanlay oladi. Bozorga kerak bo'lgan mutaxassisning tanlovi bo'ladi. Yetarli malakaga ega bo'lmagan xodim esa ko'pincha tanlash emas, ko'nishga majbur bo'ladi.

- Bugungi iqtisodiy, ijtimoiy va insoniy vaziyatni hisobga olsak, ta'lim sohasida "falon yildan beri ishlaymiz", "falon mingta natija qilganmiz" degan da'voni marketingga aylantirish menga sog'lom tafakkur emas, uyatli holatdek tuyuladi.

Hozircha fikrim shu. O'zgarsa, yana shu kanalda yozaman.

@Qudrat
July 30, 2026 252