Texnologiya faqat ishni tezlashtirish uchun emas, balki butun jarayonni tartibga solish uchun ham xizmat qilishi kerak.
Shu gʻoya bilan bir muddat oldin Negiz Testolog platformasini ishga tushirgandik. Uning vazifasi taʼlim muassasalarida offline imtihonlarni roʻyxatdan oʻtkazishdan boshlab natijalarni eʼlon qilishgacha boʻlgan jarayonni avtomatlashtirish edi.
testolog.negiz.uz
Endi esa shu yondashuvni tibbiyot sohasiga ham olib kirdik.
Klinix - xususiy klinikalar va tibbiyot markazlari uchun boshqaruv platformasi. Qabul, bemorlar bazasi, tibbiy kartalar, toʻlovlar, hisobotlar va boshqa muhim jarayonlarni bitta tizimda boshqarishga yordam beradi.
klinix.negiz.uz
Aslida bu alohida loyihalar emas. Ularni bitta maqsad birlashtiradi: murakkab jarayonlarni sodda, tushunarli va avtomatlashtirilgan tizimlarga aylantirish.
Oldinda hali koʻp rejalar bor. Bosqichma-bosqich ulashib boraman. 🚀
@Qudrat
July 28, 2026 270