Sho'rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi: post #3607 — TG.ME

📢DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR!

Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, yangidan tashkil etilayotgan muhandislik hamda hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari lavozimiga tanlov davom etmoqda.

🟢 Hududiy (saralash) bosqichi:
🟢 2026-yil 3–4-avgust

🟢 2-bosqich (asosiy suhbat):
🟢 2026-yil 6–7-avgust

Tanlovlar Agentligi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tashkil etiladi.


Tanlov bosqichlari:

1-bosqich – Hududiy saralash
Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi. Malaka talablariga javob bergan hamda suhbat natijasiga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

2-bosqich – Asosiy suhbat
Hududiy saralashdan o‘tgan 3 nafar nomzod bilan tanlov komissiyasi tomonidan savol-javob shaklida suhbat o‘tkaziladi.

💻 Suhbat videokonferensaloqa (onlayn) yoki an’anaviy (oflayn) shaklda tashkil etilishi mumkin.

⚠️ Eslatma!
Suhbat bosqichida ishtirok etmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi.

Hududlar kesimidagi suhbat sanalari va ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan reja-grafik asosida belgilanadi.


Barcha nomzodlarga tanlov jarayonida muvaffaqiyat va omad tilaymiz!

Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor
❤2🔥1
July 25, 2026 694