– Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Mazkur davrni faqat xalqimizning aql-zakovati, mehnati va birdamligi orqali bunyod etish mumkinligi qayd etildi.
Shu maqsadda kelgusi yillarda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dastur amalga oshiriladi.
Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan.
Bolalarning 6 yoshli tayyorlov guruhlariga qamrovi qisqa muddatda 100 foizga yetkaziladi. Xususiy bog‘cha tashkil qilish bo‘yicha mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi.
Facebook|Instagram|X
