Wellcome Early-Career Awards dasturi yosh tadqiqotchilar uchun navbatdagi qabulni ochdi.
Eng muhim jihati — O‘zbekiston grant olish huquqiga ega davlatlar ro‘yxatida. Demak, tadqiqotni albatta Buyuk Britaniyada olib borish shart emas — loyiha O‘zbekistondagi universitet yoki ilmiy tashkilot bazasida ham amalga oshirilishi mumkin.
Grant imkoniyatlari:
— tadqiqotchining to‘liq ish haqi;
— loyiha xarajatlari uchun £400 000 gacha mablag‘;
— odatda 5 yilgacha moliyalashtirish.
Kimlar uchun?
Asosan mustaqil ilmiy yo‘nalishini endi shakllantirayotgan yosh tadqiqotchilar uchun. PhDdan keyingi tadqiqot tajribasi odatda 3 yildan oshmagan bo‘lishi kerak.
Yo‘nalishlar:
Tibbiyot va biologiya bilan birga, inson salomatligi va farovonligiga bog‘liq:
— psixologiya;
— pedagogika;
— iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar;
— sun’iy intellekt;
— matematika va boshqa yo‘nalishlar ham mos kelishi mumkin.
Muhim shart. Ariza universitet, ilmiy institut yoki sog‘liqni saqlash tashkiloti orqali topshiriladi. Tashkilotdagi tajribali olim sponsor sifatida ishtirok etadi.
📅 Keyingi muddat: 10-noyabr 2026.
🔗 Rasmiy tanlov sahifasi:
https://wellcome.org/research-funding/schemes/wellcome-early-career-awards
🔗 O‘zbekiston eligibility ro‘yxatida:
https://wellcome.org/grant-funding/guidance/low-and-middle-income-countries



















