ECAMPUZ: post #468 — TG.ME

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan ECAMPUZ (ERASMUS-EDU-2022-CBHE) loyihasi O‘zbekiston Oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari jamiyatining tashkil etilishini e’lon qiladi. Mazkur jamiyat loyihaning barqarorligini ta’minlash va O‘zbekistonning oziq-ovqat sohasini rivojlantirishni kuchaytirish maqsadida yaratilgan milliy professional hamjamiyatdir.

Jamiyat Oʻzbekistondagi oziq-ovqat sohasining zamonaviy va kelajakdagi murakkab muammolarini hal etish uchun sanoat, akademik muassasalar hamda tadqiqotchilarni birlashtiruvchi asosiy platforma boʻlib xizmat qiladi va Yevropa Ittifoqi oliy taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni taʼminlaydi. Jamiyat Ilgʻor Texnologiyalar Markazidagi Fudomika laboratoriyasi huzurida faoliyat yuritadi.

Batafsil ma’lumot: https://ecamp.uz/ozbekiston-oziq-ovqat-fanlari-va-texnologiyalari-jamiyati/

🌐 Jamiyatning veb-sahifasi (Fudomika platformasida joylashtirilgan): https://foodomics.uz/ ➡️ Jamiyat bo‘limi ➡️ “Jamiyat haqida” sahifasi

Roʻyxatdan oʻting: HAVOLA
February 25, 2026 2.4K 31