Ushbu vizani olish va uzaytirish uchun, odatda mana shu jadvaldan 60 ball yigʻish talab etiladi.
Ammo quyidagi shaxslar, ball yigʻmasdan ham, ushbu vizaga ariza bera oladilar:
1. Koreyada 2 yillik bakalavr yoki undan yuqoriroq ta'lim dargohini tamomlab, ilk bor D-10-1 vizasiga topshirayotgan shaxs. (Diplom olgan kunidan boshlab 1 yil ichida, chet davlatdan ham topshirganda, ball soʻralmaydi).
2. Koreyada 2 yillik bakalavr yoki undan yuqoriroq ta'lim dargohini tamomlaganiga 3 yildan oshmagan shaxs sifatida, TOPIK 4 yoki KIIP 4ga ega boʻlgan yoki KIIP daraja taqdim qilish testida 5-daraja taqdim qilingan shaxs
3. E-1 ~ E-7 vizalaridan birida faoliyat yuritib, shartnomasi tugaganligi sababidan yoki boshqa bir arzirli sabab bilan, faoliyatini toʻxtatgan shaxs.
Ushbu viza haqida haqida, www.hikorea.go.kr yoki +821345 raqami orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
Instagramda koʻrish