Koreya Respublikasining 21-prezidenti, I Je Myong, "Prokurorlar… — Musa Korean 🇰🇷 — TG.ME

Koreya Respublikasining 21-prezidenti, I Je Myong, "Prokurorlar diktaturasini tugatish" rejasi borligini doim ta'kidlab kelgan. Uning ishonishicha, prokurorlar o'ziga yoqmagan siyosatchilar ustidan arzimas dalillarga tayanib ish ochadi, siyosatchilarni tergov qilib ularga ma'naviy bosim o'tkazadi.

Ayni vaqtda prezident I Je Myong ustidan quyidagi jinoiy sudlar davom etmoqda.
1. Saylov qonunini buzish
2. Tejangdong korrupsiyasi
3. Songnam futbol klubi korrupsiyasi
4. Pekhyondong korrupsiyasi
5. Yolg'on guvohlikka undash

Aslida prezident, bu kabi jinoyatlar uchun hibsga olinmaydi. Ammo ushbu ishlar u hali prezident bo'lmasidan avval ochilgani sabab, yuqoridagi 5ta jinoiy ish yopilishi yoki davom etishi, parlamentga bog'liq. Ya'ni, "agar prezidentlikka da'vogar shaxs prezident etib saylansa, uning ustidan olib borilayotgan jinoiy sud to'xtatiladi" kabi mazmundagi qonun loyihasi parlamentga yuborilgan. Agar bu qonun tasdiqlansa, prezident I Je Myong ustidan olib boriladiyotgan sudlar to'xtaydi.

Ma'lumot oʻrnida, amaldagi prezident quyidagi jinoyatlarni sodir qilsa, lavozimdalik vaqtidayoq hibsga olinadi:
1. Davlat to'ntarishi
2. Davlat dushmaniga yordam berish

✍️ @abdullatif_kr

🖼 Instagramda oʻqish
❤4
June 3, 2025 1.1K