EPS-TOPIK 2026! Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining… — Musa Korean 🇰🇷 — TG.ME

Forwarded fromXOXORIJDA ISH
🇰🇷 EPS-TOPIK 2026!

Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi “EPS” markazi tomonidan bu yil EPS-TOPIK testlari o'tkazilishi haqida xabar bergan edik.

🗓 EPS-TOPIK 2026 — onlayn ro‘yxatdan o‘tish 9–12 mart kunlariga rejalashtirilmoqda! (9-mart kuni havola beriladi)
🛂 E-9 viza (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish)

📌 Talablar:

▪️ Xorijga chiqish pasportiga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
▪️18 yoshga toʻlgan (2008-yil 1-mart sanasidan oldin tugʻilgan) hamda 40 yoshga toʻlmagan (1986-yil 12-mart sanasidan keyin tug‘ilgan);
▪️ Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilmagan, sudlanmagan boʻlishi lozim.

📎Roʻyxatdan oʻtish uchun nimalar kerak?

✔️ Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG format);

✔️ 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (100x300 piksel) gacha JPG format);

✔️ Faol telefon raqami;

✔️ Koreya tomonidan belgilangan to'lov: 28 $ miqdorida so'm ekvivalenti (to'lov amalga oshirilayotgan kundagi Markaziy bank kursida)

⚠️ Migratsiya agentligi imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.

Til va kasbiy malaka testlaridan (skills) o'tganlar Koreyaning SPAS ish izlovchilar bazasiga kiritiladi va 2 yil davomida ish beruvchilar tanlovlarida qatnashadilar.


⁉️ Yuqoridagi shartlar asosida imtihonda ishtirok etish istagingiz bo'lsa ➡️havola so'zini ustiga bosib javobingizni qoldiring!

Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
February 21, 2026 407 22 3