Microlife_uz 🧫: post #619 — TG.ME

🦠 Bakterial sekvens ma'lumotlarini (genom, 16S, metagenomika) qayerdan olish mumkin🤔

Bioinformatika va mikrobiologiya yo'nalishida ishlaydiganlar uchun eng kerakli va ishonchli xalqaro ma'lumotlar bazalari ro'yxatini to'pladik. Saqlab qo'ying, albatta kerak bo'ladi! 👇

1️⃣NCBI (National Center for Biotechnology Information)
Dunyodagi eng yirik biologik ma’lumotlar markazi. Unda minglab bakteriyalarning to'liq genomlari va o'qish (reads) ma'lumotlari saqlanadi.
🔹 SRA (Sequence Read Archive) — xom sekvens ma'lumotlarini (FASTQ formatida) olish uchun
🔹 GenBank — to'liq va annotatsiya qilingan genomlar uchun

2️⃣ ENA (European Nucleotide Archive)
Evropaning asosiy nukleotidlar arxivi. NCBI bilan ma'lumotlar almashadi, interfeysi juda qulay va tez ishlaydi.

3️⃣ DDBJ (DNA Data Bank of Japan)
Osiyodagi yirik genomik ma'lumotlar bazasi. NCBI va ENA bilan birgalikda global INSDC tarmog'ini tashkil qiladi.

4️⃣ BV-BRC / PATRIC
Bakterial patogenlar va mikrobiomaga ixtisoslashgan maxsus ma'lumotlar bazasi. Bakterial genomlarni qiyosiy tahlil qilish uchun juda qulay platforma.

5️⃣MG-RAST
Metagenomika va 16S rRNA amplikon ma'lumotlari bilan ishlaydigan tadqiqotchilar uchun mikrobiom ma'lumotlar ombori va tahlil serveri.

@Microlife_uz
🔥7👍1😎1
August 28, 2026 167 2