Microlife_uz 🧫: post #611 — TG.ME

#CAT_Biotechnology_Summer_School

📄ITM Biotexnologiya Yozgi Maktab - 2026 dasturiga topshirilgan arizalar ko’rib chiqildi. Yozgi maktabga Respublikamizning turli viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston avtonom Respublikasidan jami 204 ta talabgor ariza topshirdi. Barcha arizalar ko'rib chiqildi va 35 nafar nomzod suhbat bosqichiga o’tdi.

💬 Suhbatga chaqirilgan nomzodlar ro'yxati hamda vaqti bilan bu yerda tanishishingiz mumkin:
https://docs.google.com/spreadsheets/d/16JJeAdtbm5sTvvbOJjRFZEdvuvnJZrYM94zwG4F21_Y/edit?gid=0#gid=0

Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga zoom havolasi elektron pochta orqali yuborildi.
Barcha ariza topshirgan talabgorlarga sarflagan vaqtlari uchun minnatdorchilik bildiramiz! Ular kelgusi yozgi maktablarimizga hujjat topshirishlari mumkin. Biz ularning ilm yo'lidagi rivojlanishlariga omad tilaymiz!
❗️Suhbat 2 kun davomida: 23 va 24-iyul sanalarida o’tkaziladi.

MUHIM: Suhbatga chaqirilgan nomzodlardan suhbat vaqtlarini tekshirib olishlarini hamda suhbat bo’yicha berilgan tavsiyalar  bilan yaqindan tanishib chiqishlarini tavsiya qilamiz.

Tanlovning yakuniy natijalari suhbat asosida amalga oshiriladi. Dasturga 15 nafar ishtirokchi qabul qilinadi!

@uzadvanced
👍5🔥3💯1
July 20, 2026 420 1 1