#MGSummerSchool2026
🧬MOLEKULYAR GENETIKA YOZGI MAKTABI 2026🧬
🎓 Molekulyar biologiya • Genetika • Bioinformatika
Ilg'or Texnologiyalar Markazi biologiya va unga yaqin yo'nalishlarda tahsil olayotgan talabalar va yosh tadqiqotchilarni MOLEKULYAR GENETIKA YOZGI MAKTABI – 2026 dasturiga taklif qiladi!
TALAB QILINADIGAN ShARTLAR - diqqat bilan o‘qib chiqishingizni so‘raymiz
📅 Sana: 13–24-iyul, 2026
Dastur davomida siz:
🔬 Molekulyar biologiya va genetikaning zamonaviy laboratoriya usullarini o'rganasiz;
🧬 DNK/RNK ajratib olish, PCR, Real-Time PCR, gel-elektroforez, sekvenslash va SNP genotiplash bilan ishlaysiz;
💻 Bioinformatika va genomik ma'lumotlarni tahlil qilish bo'yicha amaliy mashg'ulotlarda qatnashasiz;
👨🔬 Tajribali olimlar va mentorlar bilan birga ishlaysiz;
🤝 Jamoaviy ilmiy loyiha ustida ishlaysiz;
📜 Dastur yakunida sertifikat olasiz.
👥 Kimlar qatnashishi mumkin?
Talabalar (bakalavriat, magistratura, PhD) va yosh tadqiqotchilar — biologiya, biotexnologiya, genetika, bioinformatika, biokimyo, tibbiyot, farmatsiya va ularga yaqin yo'nalishlar bo'yicha.
💰 Ishtirok narxi - 500 000 so'm. To'lov faqat tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan ishtirokchilar uchun amalga oshiriladi.
📝 Ariza topshirish muddati: 7-iyul, 2026
📌 Ishtirokchilar onlayn ariza asosida tanlab olinadi.
🔗 Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/p3SNzAgrRPjWAoFy6
📞 Qo'shimcha ma'lumot: Tel.: +998994907339;
Telegram: @genom_cat;
email: [email protected]
🔬 Kelajakdagi ilmiy faoliyatingiz uchun mustahkam poydevor yarating!
Forwarded fromIlg’or texnologiyalar markazi CAT
Google Docs
MG Summer school 2026

2June 30, 2026 304 4 18