Microlife_uz 🧫: post #602 — TG.ME

Forwarded fromMIMicrolife_uz 🧫
🔬 Xalqaro molekulyar allergologiya markazi jamoasiga qo‘shiling!

Ilm-fan va zamonaviy tadqiqotlarga qiziqasizmi? O‘zbekistonda aerobiologiya sohasini rivojlantirishda ishtirok etishni xohlaysizmi? Unda sizni o‘z jamoamizda kutamiz!

Aerobiologiya bo‘limi quyidagi bo‘sh ish o‘rnini e’lon qiladi:
📌 Lavozim: Kichik ilmiy xodim
💼 Bandlik: 1 stavka (Byudjet asosida)
📍 Manzil: Toshkent shahri

Biz nimalarni taklif etamiz?

✔️Zamonaviy va qulay ofis:
Xalqaro standartlarga mos keladigan laboratoriya va ish sharoitlari.
✔️Quvnoq va professional jamoa: Doimiy qo‘llab-quvvatlovchi, yosh va g‘ayratli hamkasblar.
✔️O‘suvchi karyera: Ilmiy salohiyatingizni oshirish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish va dissertatsiya mavzulari ustida ishlash imkoniyati.

🔎 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Biologiya, mikrobiologiya, biotexnologiya yoki turdosh sohalarda oliy ma’lumot (magistr darajasi yoki unga tenglashtirilgan);
Laboratoriya jihozlari bilan ishlash ko‘nikmasi va ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqish;
Mas’uliyat, aniqlik va jamoada ishlash qobiliyati.

📋 Saralash: Suhbat asosida o‘tkaziladi. Suhbat online formatda o’tkaziladi
❗️

Agar ushbu vakansiya sizni qiziqtirgan bo‘lsa o‘z rezyumeingizni (CV) bizga yuboring
‼️‼️‼️‼️📩 Aloqa uchun: Telegram akkaunt @SXA_02
💥Hujjat jo'natishning ohirgi sanasi 30.06.2026

Ilm-fan cho‘qqilarini birgalikda zabt etamiz!


@Microlife_uz
👍9🔥1😎1
June 26, 2026 377 8