2 - Zul Hijja, 1446
29-may, 2025.
Qurbon Hayiti 6-iyun juma kuni nishonlanadi.
🕋 Zul-Hijja oyining avvalgi 10 kunligi – eng ulug‘ kunlar!
Islom tarixida eng fazilatli kunlar sanalgan Zul-Hijjaning birinchi o‘n kunligi musulmonlar uchun katta savoblar eshigidir. Payg‘ambarimiz ﷺ aytganlar:
“Alloh taologa yaxshi amallar eng sevimli bo'ladigan kunlar bu Zul-Hijjaning avvalgi o‘n kunidir.”
(Buxoriy rivoyati)
🔹 Bu kunlarda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
✔️ Namozni vaqtida ado etish
✔️ Ro‘za tutish, ayniqsa 9-kuni (Arafa kuni)
✔️ Qur’on tilovati
✔️ Zikr, tasbeh, tahmid va takbirlar aytish
✔️ Sadaqa va ezgu amallar qilish
💎 Ayniqsa 9-kuni, Arafa kuni gunohlar kechiriladigan, duo qabul qilinadigan ulug‘ kun hisoblanadi.
📿 Ushbu muborak kunlarni ibodat va solih amallar bilan o‘tkazaylik!
@attafakkur