Qarsildoq, qatlama samsa 😋🔥
Xamir retsepti:
250 ml iliq sut
250 ml iliq suv
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq xamirturush
1 dona tuxum
100 g o‘simlik yog‘i
800 g – 1 kg un
Tayyorlanishi:
Barcha masalliqlarni aralashtirib, xamir qoriladi 👌
Xamirni 6 teng qismga bo‘lib, 30 daqiqaga dam olishga qo‘yiladi.
Har bir bo‘lakni juda yupqa qilib yoying — hatto tagi ko‘rinib tursin 👌
Har bir qatlamni eritilgan sariyog‘ yoki margarin bilan surtib chiqing.
Xamirni rulo shaklida o‘rang, so‘ng uni “ilonsimon” qilib aylantiring va muzlatkichga 40 daqiqa – 1 soatga qo‘ying (bu bosqichni o‘tkazib yubormang 👌).
Keyin bo‘laklarga bo‘lib, videoda ko‘rsatilgandek samsa shaklida yasang,
va oldindan 180°C gacha qizdirilgan duxovkaga joylab, 40 daqiqa pishiring (yuqori-past + konveksiya rejimi). 😍
Ichligi: meniki — ko‘p piyozli qiymadan 🧅, eng yaxshisi — yog‘li mayda to‘g‘ralgan go‘sht bilan 😋
Yoqimli ishtaha! ❤️
@MNAMM11🩷
November 5, 2025 550 5