Сомса тайёрлашнинг очилмаган сирлари
Kerakli masalliqlar:
Hamiri uchun:
3 kg un
500 gr margarin milter
400 gr sut
850 gr suv
1 osh,qoshiq tuz
Surish uchun aralashma:
200 gr milter margarin
100 gr pista yogʻi
150 gr mol yogʻi
Qiyma uchun:
1 kg goʻsht(yogʻli)
1,5 kg piyoz
Tuz,murch,zira,kareyskiy tuz,kashnuch.
Tayyorlanishi:
Hamir uchun tuz, suv, sut eritilgan margarin un solib qattiqqina hamir qoramiz.
Hamirni 2 zuvalaga boʻlamiz.
Oson yoyilishi uchun zuvalalarni tindirib olamiz.
Endi hamir ichiga surtish uchun yogʻ tayyorlaymiz: Mol yogʻi, margarin, oʻsimlik yogʻini 1 ta idishga solamiz eritib olamiz.
Yupqa yoygan hamirimiz ustidan aralashmani quyib, surtib, tortib tortib oʻrab rulet shaklida oʻrab olamiz.
Shu holatta biroz tindirib osela yoyilishi onson boʻladi.
Hamirimizni juva yordamida kichikroq aylana shaklida ochib olgan orqa tarfini oʻgirib videoda koʻrsatilgandek yoyib olamiz.
Qiymani hohishga koʻra tayyorlab olib somsalarimizni tugib olamiz.
Tayyor tugib olingan somsamizni suvga belab soʻngra hohishga koʻra kunjut sepamiz.
Pishirish uchun qizib turgan pechimizga yuboramiz.
Retsept tayyor Nodirangizni duo qilishni unutmang❤️
Каналга уланинг⬇️
https://t.me/+TR6QWeqqoT2wTyve
Чат группамиз⬇️
https://t.me/+RfM16U5Tn4syPkjO