Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Mirishkor tumanidagi bosh mutaxassisi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Chandir shifoxonasida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Ijtimoiy tarmoqlarning zararli oqibatlari” va “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzularida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, yoshlarni yot oqimlar ta’siridan himoya qilish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishning dolzarb jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 5-iyuldagi O‘RQ-699-sonli “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati ham tushuntirib o‘tildi.







