24_Tavsiya 🛒 BOZORDAGI HOLAT O‘RGANILDI Xalq deputatlari Mirishkor… — MIRISHKOR TUMANI | Rasmiy — TG.ME

#24_Tavsiya

🛒 BOZORDAGI HOLAT O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi Raisi Normuhammedov Shuxrat hamda Kengash kotibiyati mudiri Hamrayev Azamat Jeynov MFY hududidagi bozorda bo‘lib, savdo rastalaridagi holatni o‘rgandilar.

O‘rganish davomida aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi, narx-navosi va sifatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Bozorda meva va sabzavot mahsulotlari yetarli ekani;
🔹 go‘sht mahsulotlari sifatli va savdoga chiqarilgani;
🔹 shuningdek, un, guruch, yog‘, shakar va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ham yetarli miqdorda sotilayotgani ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida bozorda aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar mavjudligi hamda savdo jarayonlari holati yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

📌 Aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, mahsulotlar sifati va narxlar barqarorligini nazorat qilish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

📱Telgram 😎Instagram | 😎Youtube
😎Facebook 🌐E-Kengash.gov
👌3❤1
September 8, 2026 1.3K 4