Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, xususan, viloyat, tuman va shahar hokimlari butun iqtisodiy kompleks bilan haftada uch kun faqat kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanishi belgilandi.
Shunga asosan, tuman hokimi Fayzullo G‘ulomov tuman hokimligi majlislar zalida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda fuqarolar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Sariqov, viloyat va tuman bank filiallari hamda bank xizmatlari markazlari rahbarlari, Savdo-sanoat palatasining tuman bo‘limi mas’ullari, mahallalar bankirlari va agentlari, tadbirkorlar hamda sohaga aloqador mas’ullar ishtirok etdi.







