Sizlarni kasb bayramingiz — Neft va gaz sanoati xodimlari kuni bilan Mirishkor tumani hokimligi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligida neft va gaz sohasi o‘ta muhim o‘rin tutadi. Sizlarning mehnatingiz tufayli mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror rivojlanib, fuqarolarimizning turmush darajasi yuksalib bormoqda. Kecha-kunduz demay mehnat qilayotgan, tabiiy boyliklarni qazib olish, qayta ishlash va iste’molchilarni ta’minlashda fidoyilik ko‘rsatayotgan barcha soha xodimlari alohida ehtiromga loyiqdir.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, mehnat faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz. Mehnatingiz samarasi yurtimizning yorug‘ kelajagi va xalqimizning farovon hayoti uchun xizmat qilsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz neft va gaz sohasi xodimlari!
Hurmat bilan,
Mirishkor tumani hokimligi jamoasi

