Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Mirishkor tumani markazida aholiga zamonaviy va qulay xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan yangi savdo obyekti foydalanishga topshirildi.
Tadbirkor Bobur Mamilov tomonidan amalga oshirilgan mazkur loyiha zamonaviy talablarga javob beradigan savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratishga qaratilgan. Umumiy qiymati 2,5 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, 10 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlandi.
Yangi savdo nuqtasining ishga tushirilishi tuman markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, xaridorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Obyektning ochilish marosimida tuman hokimi Fayzullo G‘ulomov ishtirok etib, tadbirkorni yangi loyihaning ishga tushirilgani bilan tabrikladi. Shuningdek, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.







