“Har payshanba – Yoshlar kuni” tashabbusi doirasida Mirishkor tumani IIB boshlig‘i G‘ayrat Xaydarov “Mirishkor” mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar qabul qilinib, ularning ijrosi mas’ullar e’tiboriga havola etildi.
Muloqot davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, kibertahdidlardan himoyalanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar o‘rtasida kibertarg‘ibot va kiberjinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berilib, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali havolalarga kirmaslik hamda firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘lish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida faol yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.









