Mirishkor tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabida yangi 2026/2027-o‘quv yilining ilk kuni — “Bilimlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Ulash Cho‘liyev, Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Farhod Primov, Nuroniylar bo‘limi boshlig‘i Arabboy Xosiyatov, mahalla faollari, ota-onalar, ustozlar va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida so‘zga chiqqanlar yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan maktab jamoasi va o‘quvchilarni samimiy muborakbod etib, yosh avlodga berilayotgan ta’lim-tarbiya kelajak taraqqiyotining muhim poydevori ekanini ta’kidladilar.
Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga alohida e’tibor qaratilib, ularga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatan, maktab va ustozlarga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Jajji o‘quvchilarning beg‘ubor quvonchi va ilk maktab taassurotlari tadbirga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladi.










