Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan ta’lim-tarbiya sohasida samarali mehnat qilib, yosh avlodga puxta bilim va yuksak ma’naviy qadriyatlarni singdirib kelayotgan bir guruh fidoyi pedagoglar munosib taqdirlandi.
Quvonarlisi, Mirishkor tumani 2-sonli umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Isayeva Matluba Rustamovna ham Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur yuksak e’tirof ustozning ta’lim sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiga bo‘lgan sadoqati, o‘quvchilarga bilim berish va ularni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi fidokorona faoliyatining munosib e’tirofidir.




