Bugun barchamiz uchun quvonchli va unutilmas kun — yangi o‘quv yilining boshlanishi, “Bilimlar kuni” tadbirida sizlar bilan birga bo‘layotganimdan mamnunman.
Yurtimiz taraqqiyoti va kelajagi yoshlarimizning bilimi va salohiyatiga chambarchas bog‘liq. Shu bois ta’lim tizimini rivojlantirish, farzandlarimiz uchun munosib sharoitlar yaratish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bugun maktablarimizda yaratilayotgan sharoitlar, ustozlarimizning fidokorona mehnati va ota-onalarimizning doimiy e’tibori natijasida yoshlarimiz katta marralarni zabt etmoqda.
Joriy o‘quv yilida 2 580 nafar bolajonimiz ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ydi.
Aziz bolajonlar!
Sizlarning har bir yutug‘ingiz — ota-onalaringiz, ustozlaringiz va butun yurtimizning quvonchidir. Biz sizlardan ilmga chanqoq, Vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan, fidoyi yoshlar bo‘lib ulg‘ayishingizni kutamiz.
Yangi o‘quv yili barchamizga omad, ilhom va muvaffaqiyat olib kelsin!
Fayzullo G‘ulomov
Mirishkor tumani hokimi
Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov “Obod” mahallasidagi 13-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir davomida tuman rahbari o‘quvchi va o‘qituvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi hamda bolajonlarga Prezident sovg’alari topshirildi.

