MEDly|UZ: post #21 — TG.ME

🇱🇻 LATVIYADA O‘QISH UCHUN STIPENDIYA

Tibbiyot talabasi bo‘lib, Latviyada o‘qish yoki akademik tajriba orttirishni xohlaysizmi? 🇱🇻

Unda bu postni diqqat bilan o'qing😁
Latvian State Scholarship - O‘zbekiston fuqarolari ham topshirishi mumkin bo‘lgan davlat stipendiyasi.
2026/27-yilgi tanlovda O‘zbekistondan 9 nafar talaba stipendiya olgan.

💰 Nimalarni qoplaydi?
Stipendiya o‘qish davrida kontrakt to‘lovi yoki turar joy va ovqatlanish xarajatlariga ishlatilishi mumkin. Lekin stipendiya barcha xarajatlarni to‘liq qoplamaydi, shuning uchun qo‘shimcha xarajatlarni ham hisobga olish kerak.

Tibbiyot talabasi topshira oladimi?
O‘zbekiston fuqarolari eligible. Bakalavr darajasidagi talabalar ariza berish vaqtida o‘z universitetida kamida 1 akademik yilni tugatgan bo‘lishi kerak.
Lekin muhim jihat: stipendiya olish avtomatik ravishda tibbiyot dasturiga qabul qilinish degani emas. Avval Latviyadagi universitet va aynan sizning tibbiyot dasturingiz uchun admission/mobility imkoniyatini tekshirish kerak.

Qiziqarli info: 2026/27-yilgi stipendiya oluvchilar orasida Rīga Stradiņš University 27 ta stipendiya bilan eng ko‘p stipendiatga ega universitet bo‘lgan.

📅 Keyingi qabul:
1-fevral - 1-aprel 2027
🔗 Rasmiy ma’lumot: LINK

💡 MEDLY: Agar chet elda o‘qish rejangiz bo‘lsa, stipendiyani oxirgi oyda izlamang. Universitet, hujjatlar va kerakli tasdiqlarni oldindan tayyorlash ancha oson.

Keyingi MEDLY postida - tibbiyot talabalari uchun yana bir real xalqaro imkoniyat.

@MEDly_uz
❤6👍3🔥11
August 30, 2026 351 3 1