MEDly|UZ: post #18 — TG.ME

So'nggi nafas havoga qorishmasdan (When breath becomes air) - Pol Kalaniti

Bu memuar - 36 yoshida o‘pka saratonining so‘nggi bosqichi tashxisi qo‘yilgan neyroxirurg Pol Kalanitining xotiralari.

Kitobda shifokor va bemor bo‘lishning noyob ikki tomonlama tajribasi aks ettirilgan — ya’ni kasalxona karavotining har ikki tomonini ko‘rishga majbur bo‘lgan insonning kechinmalari tasvirlanadi.

Asar statistika va tibbiy prognozlar hech qachon to‘liq ifodalay olmaydigan haqiqatni ochib beradi: kasallik insonning o‘zligini, munosabatlarini va vaqt haqidagi tushunchalarini qanday o‘zgartirishini.

“Texnik mukammallikning o‘zi yetarli emas edi. Men uchun eng muhimi bemor yoki uning oilasiga o‘lim yoki kasallikni anglab yetish va qabul qilish jarayonida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish edi."

@MEDly_uz
❤2👍2🔥11
August 30, 2026 260 2