MEDly|UZ: post #17 — TG.ME

🇩🇪 Nega tibbiyot talabalari aynan nemis tilini o'rganishi kerak? ​Aksariyatimiz ingliz tilini o'rganib, chet elga intilamiz. Ammo tibbiyot olamida yana bir oltin kalit bor bu nemis tilidir. Nega aynan u? Keling, qisqacha ko'rib chiqamiz: ​Tibbiyot markazi: Germaniya ilg'or texnologiyalar, farmatsevtika va fundamental tibbiy tadqiqotlar bo'yicha dunyoda yetakchilardan biri. ​Assistenzarzt (rezidentura) imkoniyati: O'qishni tugatgach, to'g'ridan-to'g'ri Germaniya, Avstriya yoki Shveytsariyada mutaxassislikni davom ettirish va Yevropada ishlash yo'li ochiladi. ​Ish joylarining xilma-xilligi: Uniklinikalardan tortib kichikroq hududiy shifoxonalar, diniy tashkilotlarga qarashli klinikalargacha barchasida yosh kadrlarga ehtiyoj yuqori. (Asosiysi - muassasada Weiterbildungsermächtigung bo'lsa kifoya!) ​Til - kelajagingizga qo'yilgan eng to'g'ridan-to'g'ri sarmoya. Xo'sh, siz tibbiyotning qaysi yo'nalishini tanlagan bo'lardingiz? @MEDly_uz

August 30, 2026 228