📢 DIQQAT, MUHIM E’LON!
🎓 QO‘QON DAVLAT UNIVERSITETIDA 2026/2027-O‘QUV YILI BOSHLANISH MUDDATLARI VA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH TARTIBI
Hurmatli talabalar!
Qo‘qon davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilida o‘quv jarayoni quyidagi muddatlarda boshlanadi:
🔹 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentabrdan;
🔹 2-, 3- va 4-bosqich talabalari uchun — 14-sentabrdan.
📚 YANGI O‘QUV YILI “KREDIT HAFTALIGI” BILAN BOSHLANADI
Talabalarning kredit-modul tizimida ta’lim olish jarayoniga moslashuvini ta’minlash, o‘quv jarayonidagi muhim yangiliklar va talablar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yangi o‘quv yilining dastlabki davrida “Kredit haftaligi” tashkil etiladi.
👨🎓 1-bosqich talabalari uchun — 2 hafta;
👩🎓 2-bosqich talabalari uchun — 1 hafta davomida “Kredit haftaligi” o‘tkaziladi.
“Kredit haftaligi” davomida talabalar:
🔸 kredit-modul tizimida o‘qishni tashkil etish tartibi;
🔸 2026/2027-o‘quv yilidan joriy etilayotgan muhim yangiliklar va yangi talablar;
🔸 fanlarni o‘zlashtirish va kreditlarni to‘plash tartibi;
🔸 joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil etish hamda baholash mezonlari;
🔸 dars mashg‘ulotlarida ishtirok etish va akademik intizom talablari;
🔸 HEMIS, LMS va universitetning boshqa raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish;
🔸 talabaning huquq va majburiyatlari, akademik halollik tamoyillari;
🔸 mustaqil ta’limni tashkil etish, o‘quv resurslaridan foydalanish hamda ta’lim jarayoniga oid boshqa muhim tartiblar bilan tanishtiriladi.
🕐 O‘QUV MASHG‘ULOTLARINING YANGI VAQT TARTIBI
2026/2027-o‘quv yilidan bakalavriat bosqichida bir juftlik o‘quv mashg‘ulotining davomiyligi 80 daqiqa, juftliklar oralig‘idagi tanaffus esa 10 daqiqa etib belgilanadi:
1️⃣ 08:30–09:50 — 1-juftlik
2️⃣ 10:00–11:20 — 2-juftlik
3️⃣ 11:30–12:50 — 3-juftlik
4️⃣ 13:00–14:20 — 4-juftlik
5️⃣ 14:30–15:50 — 5-juftlik
6️⃣ 16:00–17:20 — 6-juftlik
🏫 O‘QUV JARAYONI IKKI SMENADA TASHKIL ETILADI
🔹 I smena — soat 08:30 dan boshlanadi va asosan 1–2-bosqich talabalari uchun;
🔹 II smena — soat 11:30 dan boshlanadi va asosan 3–4-bosqich talabalari uchun tashkil etiladi.
📌 Eslatma: talabalarning aniq dars va “Kredit haftaligi” mashg‘ulotlari tegishli fakultetlar tomonidan tasdiqlangan jadval asosida tashkil etiladi.
Yangi o‘quv yilida ta’lim jarayoniga oid yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun universitetning rasmiy axborot kanallarini kuzatib boring.
🎓 Qo‘qon davlat universiteti
2026/2027-o‘quv yili — yangi imkoniyatlar, yangi talablar va sifatli ta’lim sari yangi bosqich!