Saida Mirziyoeva Xitoy parlamenti rahbari bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi Doimiy qoʻmitasi aʼzosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashdi.
Samimiy va mazmunli muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan doʻstona va strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati hamda istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar davlatlarimiz rahbarlarining izchil va samarali muloqoti ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqayotganini taʼkidladilar. Xususan, parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuvda transport, savdo, taʼlim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, aniq qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda erishilgan kelishuvlarni izchil hayotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.
Saida Mirziyoeva Xitoy tomonining Oʻzbekiston bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga boʻlgan intilishini yuqori baholab, ochiq va mazmunli muloqot uchun Chjao Letsziga minnatdorlik bildirdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram











