JIZZAXLIKLAR🇺🇿: post #215484 — TG.ME

Jizzax shahridagi “Istiqlol” madaniyat va istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jizzax viloyatida aholi uchun zamonaviy va qulay dam olish maskanlarini tashkil etish, shahar hududlarini obodonlashtirish hamda jamoat infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev, jamoatchilik vakillari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirokida Jizzax shahridagi “Istiqlol” madaniyat va istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi.

Jizzax shahrining markaziy hududida joylashgan mazkur bog‘ aholi va shahar mehmonlarining mazmunli hordiq chiqarishi, sayr qilishi hamda bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishi uchun xizmat qiladi.

Umumiy maydoni 19,5 gektar bo‘lgan bog‘ hududida 3 ta attraksion, 15 ta savdo nuqtasi, 5 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi, yozgi teatr, favvora, 7 ta yodgorlik va san’at asari, 700 metrlik yugurish va sayr qilish yo‘lagi hamda 2 ta velosiped yo‘lagi mavjud.

Bog‘ning keng yashil hududi, zamonaviy infratuzilmasi va obod muhiti aholining mazmunli dam olishi uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratadi.


⚡️@Jizzax 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEkhpZlw68QCcnql2Q
August 30, 2026 6.2K 21