JIZZAXLIKLAR🇺🇿: post #215480 — TG.ME

Jizzax viloyati IIBda Tezkor boshqaruv markazi foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jizzax viloyatida zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev, jamoatchilik vakillari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan zamonaviy Tezkor boshqaruv markazi ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur markaz orqali hududdagi vaziyatni tezkor monitoring qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni tahlil etish, mas’ul xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda zarur choralarni o‘z vaqtida ko‘rish imkoniyatlari kengayadi.

Markazning ishga tushirilishi jamoat xavfsizligini ta’minlash, tezkor boshqaruvni takomillashtirish va fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


⚡️@Jizzax 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEkhpZlw68QCcnql2Q
August 30, 2026 7.4K 8