JIZZAXLIKLAR🇺🇿: post #215468 — TG.ME

🇺🇿 Sharof Rashidov tumanida yangi obyektlar foydalanishga topshirildi

Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev va jamoatchilik vakillari ishtirokida Sharof Rashidov tumanida Mustaqillikning 35 yilligi arafasida bunyod etilgan yangi obyektlarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xususan, tumandagi “Mustaqillining 35 yilligi” mahallasining yangi binosi hamda Ichki ishlar organlarining 1-son bo‘limi binosi foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan mazkur obyektlar mahalla aholisi uchun qulay sharoit yaratish, davlat xizmatlari sifatini oshirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Jizzax viloyati bo‘ylab 200 dan ortiq ijtimoiy soha obyektlari, yo‘l o‘tkazgichlari hamda jamoat bog‘lari barpo etilib, ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

⚡️@Jizzax 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEkhpZlw68QCcnql2Q
August 30, 2026 23.5K 28