JIZZAXLIKLAR🇺🇿: post #215464 — TG.ME

Jizzaxning olis hududlaridagi maktablarga 15 ta mikroavtobus topshirildi

Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev, jamoatchilik vakillari hamda soha mas’ullari ishtirokida Jizzax viloyatining olis va chekka hududlarida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 6,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga 15 ta zamonaviy mikroavtobus topshirildi.

Mazkur transport vositalari uzoq hududlardan maktablarga qatnab ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz qatnovni ta’minlashga xizmat qiladi.

Bu kabi amaliy ishlar olis hududlarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning maktabga qatnovini yengillashtirish hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan.

⚡️@Jizzax 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEkhpZlw68QCcnql2Q
August 30, 2026 25.7K 28