🎓 INNO-X: Yoshlarning innovatsion salohiyati qo‘llab-quvvatlanmoqda
🚀 Bugun Namangan yoshlar texnoparkida tashkil etilgan INNO-X biznes inkubatsiya va akseleratsiya dasturining 3-mavsumida faol ishtirok etgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🌱 Mazkur dastur doirasida yoshlarning innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish, ularni istiqbolli startap loyihalarga aylantirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda zamonaviy bilim va tajribalarini oshirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
🤝 Ayniqsa, Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalar farzandlarini innovatsion va startap ekotizimiga jalb etish, ularning bilim, ko‘nikma va salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
🏆 Dasturda faol ishtirok etgan 10 nafar yosh tegishli sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
👨👩👧👦 Taqdirlash marosimida Namangan yoshlar texnoparki direktori R. Inamov, Innovatsion rivojlanish agentligi Namangan viloyati bo‘linmasi rahbari N. Jurabayev, texnopark mas’ullari hamda faol ishtirok etgan yoshlarning ota-onalari ishtirok etdi.
💬 Tadbir davomida yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning kelgusidagi loyihalarini rivojlantirish va yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✨ Taqdirlash marosimi yoshlar uchun nafaqat munosib rag‘bat, balki ularning kelgusidagi innovatsion faoliyatiga yangi motivatsiya beruvchi muhim qadam bo‘ldi.
🚀 INNO-X — yoshlar g‘oyasini imkoniyatga, imkoniyatni esa muvaffaqiyatga aylantiradigan maydon!
👉 @IRB_Namangan
👉https://t.me/Namanganyoshlartexnoparki