🌸 «FARZANDIM — MENING UMIDIM VA KELAJAGIM» 🌸
🎓 Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yangi qabul qilingan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalarini samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ota-onalar va o‘quvchilar uchun qiziqarli hamda mazmunli 3 ta psixologik faoliyat tashkil etildi. 🌱
🌳 «Farzandimning qobiliyati» mashg‘ulotida ota-onalar farzandlarining o‘ziga xos qobiliyat va ijobiy jihatlarini aniqlab, ularni ramziy daraxtga joylashtirdilar. Kreativ, muvaffaqiyatli, izlanuvchan, lider, mehribon, bilimdon kabi fazilatlar orqali farzandlariga bo‘lgan ishonch va umidlarini ifoda etdilar.
🥤 «Motivatsiya stakanchalari» mashg‘ulotida maktabimizga yangi qadam qo‘ygan o‘quvchilar uchun ilhomlantiruvchi va motivatsion so‘zlar tayyorlandi. Har bir o‘quvchi o‘ziga yoqqan tilakni tanlab, yangi muhitga ko‘tarinki ruhda kirib kelish imkoniga ega bo‘ldi. ✨
💫 «Mening shiorim» mashg‘ulotida esa o‘quvchilar o‘zlariga eng yoqqan, kelajakdagi maqsadlari va intilishlarini ifodalovchi shiorni tanlab, uni ko‘krak nishoni sifatida taqib oldilar.
❤️ Ushbu samimiy jarayonlar davomida o‘quvchilar ham, ota-onalar ham xursand bo‘lib, bir-birlariga iliq tilaklar bildirdilar.
🌟 Yangi maktab — yangi do‘stlar, yangi maqsadlar va yangi imkoniyatlar!
📚 Farzandlarimizning har bir qobiliyatini qo‘llab-quvvatlab, ularning katta orzular sari dadil qadam tashlashlariga birgalikda ko‘maklashamiz!
Xush kelibsiz, aziz o‘quvchilar! Yangi bilimlar va go‘zal yutuqlar sari olg‘a! 🌸
https://t.me/IMI1Son