#Tayyorgarlik
YANGI O‘QUV YILI OLDIDAN ANIQ MAQSADLI REJALAR BELGILAB OLINDI
🔰 Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida pedagog-o‘qituvchilar hamda texnik xizmat ko‘rsatish xodimlari ishtirokida 1-son pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📚 Yig‘ilish davomida o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha tahlil etildi.
📌 Shuningdek, yangi 2026–2027-o‘quv yili uchun belgilangan ustuvor vazifalar, aniq maqsadli rejalar hamda ularning samarali va natijador bajarilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarning axborotlari tinglandi.
💡 Yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada oshirish, pedagogik jamoaning hamjihatlikdagi faoliyatini kuchaytirish va yuqori natijalarga erishish yo‘lida muhim vazifalar belgilab olindi.
✨ Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi marralar va ulkan zafarlar sari!
Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram|Youtube|Facebook|Instagram




























