3-tur oldidan ekspertlar jamoasidagi yangiliklar: Transferlar… — FPLUzbekistan — TG.ME

FPLUzbekistan2-tur oldidan ekspertlar jamoasidagi yangiliklar: Transferlar: Yo'q Active Chip: Yo'q Turnir boshida jamoa uzoqroq muddat ko'zlangan holda tuzilgan. Shu sababli ekspertlar ko'pchilik kabi birinchi yoki ikkinchi turda Bench Boost chipidan foydalanishni …
3-tur oldidan ekspertlar jamoasidagi yangiliklar:

Transferlar:
Maguire, Tzolis - OUT
Dedic, Foden - IN

Active Chip: TRIPLE
CAPTAIN

Jamoamiz o'tgan turda 110 ochko to'pladi va umumiy reytingda yaxshiga o'sishga erishdi. Qulay taqvim boshlanayotgan va o'zini yaxshi ko'rsatayotgan Manchester Citydan yarim himoyachi olish rajada avvaldan bor edi. Foden va Cherki variatntlari orasidan Foden tanlandi. Garchi Cherki o'tkan turda ko'proq ochko toplagan bo'lsada, XG ko'rsatkichlari Fodenda yaxshiroq. Gol urish imkoniyati baland pozitsyalarda tez tez ko'rinish berayotgani uchun, Foden Cherkidan unchalik katta farqga ega bo'lmaydi. Lekin narxi jihatdan arzonroq degan xulosaga keldik. Tzolisning asosiy tarkibdagi o'rni so'roq ostida qolgani uchun sotildi. Qo'shimcha 0.5 himoyadan ishlab olindi, Championshipdan ko'tarilgan 2 jamoaga qarshi dastlabki turlarda "Clean sheet" qayd eta olmagan Man Utd himoyasidan voz kechdik, va o'zini yaxshi ko'rsatayotgan Newcastle qanot himoyachisi Dedic transfer qilindi.

Triple Captain uchun eng qulay taqvim aynan shu degan xulosaga keldik. To'g'ri Haalandda keyinchalik HULL yoki IPS larga qarshi ham o'yinlari bor. Ammo kelajakda Chempionlar ligasi o'yinlari uchun rotatsya bo'lishi, yoki jarohat olishi ham mumkun. Hozir esa u yaxshi formada, sog' salomat va UCL hali boshlanmagan.

Asosiy tarkib masalasida 4 ta o'yinchidan 2 tasini tanlashimiz kerak edi. Van Hecke, Le Fee, Hume va Joao Pedrolar orasidan, Defcon imkoniyati balandroq bo'lgan Van Hecke va jamoasida jarima zarbalari + penalty ijrochisi bo'lgan Le Fee tanlandi. Joao Pedro yaxshi formada ekanligiga qaramay, Arsenal himoyasiga ishonishga qaror qildik.


2-turdan so'ng
To'plangan ball: 162
Overall: 912k

@FPLUzbekistan
👍4🔥4❤1
September 4, 2026 290 6 1