FPL jarohat yangiliklari 04.09.2026 holatiga ko'ra
🔴 Liverpool — Barcola yangi jamoasi bilan mashq qildi va ertaga Ipswich bilan o'yinga tayyor. PSG'da mavsumoldi o'yinlarida deyarli o'ynamagani sababli, debyutini zaxiradan chiqib qilishi ehtimoli katta.
Joe Gomez keyingi hafta mashqlarga qaytadi. Italiyaliklar Leoni va Chiesa xalqaro tanaffus davrida mashq boshlashi kerak.
Conor Bradley va Hugo Ekitike esa ulardan keyingi oylarda qaytadi.
Szoboszlai kerak bo'lsa o'ng yoki chap qanot himoyachisi sifatida o'ynashga tayyor.
🦅 Crystal Palace — Mateta 3 hafta maydonga tusha olmaydi. Sarr hozir jarohatlangan va 3-turga ulgurmaydi.
Chadi Riad uzoq muddatga chiqib ketgan. Qolganlarning hammasi soppa-sog'.
Transfer oynasida kelgan Honest Ahanor, Ben Chilwell, Quinten Timber va Darío Osorio — barchasi kerak bo'lsa debyut qilishga tayyor.
🐯 Hull — Joe Gelhardt klubga to'piq jarohati bilan kelgan edi, shu hafta jamoa bilan birga mashq qila boshladi.
@FPLUzbekistan

