🐯 Hull — Joe Gelhardt klubga to'piq jarohati bilan kelgan edi, shu hafta jamoa bilan birga mashq qila boshladi.
Charlie Hughes keyingi oy ichida qaytishi kutilmoqda.
Jack Butland taxminan 6 hafta ichida qaytishni mo'ljallayapti.
⚪️ Leeds — Joe Rodon son mushagini jiddiy jarohatlagan, 8–10 hafta o'ynay olmaydi. Uning o'rniga asosiy tarkibda Gudmundsson yoki Elvedi chiqadi.
Ilia Gruev mashq maydonchalarida jismoniy holatini tiklayapti. U deyarli 6 oydan beri o'ynamagan.
🚜 Ipswich — Emersonn sog'lom va ertaga uy sharoitida Liverpool bilan bo'ladigan o'yinga tayyor.
Jaden Philogene to'piq jarohatidan tuzalish arafasida.
Azor Matusiwa va Jack Taylor hamon safdan tashqarida.
Florentino Luís shu hafta mashq qildi va o'ynashga tayyor. Yarim himoyachi ertaga klubdagi debyutini qilishi mumkin.
Yangi futbolchi Zian Flemming bosh murabbiy fikricha, jamoa uchun juda kuchli qo'shimcha bo'ldi.
🍒 Bournemouth — Yangi jarohatlar yo'q.
Adli, Araujo, Kroupi va Milosavljevic uzoq muddatli jarohat bilan safdan tashqarida.
🐈⬛ Sunderland — Habib Diarra son mushagi jarohati tufayli 6–8 hafta o'ynay olmaydi.
Malick Fofana va Juan Riquelme Angulo shu hafta oxirida maydonga tushishi mumkin, lekin murabbiy matbuot anjumanida aniq gapirmadi.
Dayann Methalie diskvalifikatsiya tufayli Fulham bilan o'yinni o'tkazib yuborgandi, endi tayyor.
Talbi Yevropa Ligasi ro'yxatiga kiritilmadi — u Saudiya Arabistoniga ketishi mumkin.
🐦⬛️ Newcastle — Yangi futbolchi Matias Fernandez-Pardo sog'lom va tayyor, lekin uzoq vaqt o'ynamagani uchun bu turda zaxiradan chiqishi mumkin.
Tino Livramento mavsum boshlanishidan oldin ham mashq qilayotgan edi, ammo klub uning qachon qaytishi haqida hech nima demayapti.
Lewis Hall va Dedicning yaxshi o'yini klubga Livramento masalasida shoshilmaslik imkonini beryapti.
Osula va Burn hamon safdan tashqarida.
🌳 Nottingham Forest — Yangi futbolchi Daniel Muñoz o'ynashga tayyor, lekin so'nggi paytlarda kam o'ynagani uchun eng yaxshi jismoniy holatida emas.
@FPLUzbekistan
September 4, 2026 493 2